MALHAMCHILAR

MALHAMCHILAR (Meloidae) – qattiq qanotli hasharotlar turkumiga mansub qoʻngʻizlar oilasi. Oʻrta Osiyoda 20 dan ortiq turi tarqalgan. Tanasi choʻzinchoq, 8—30 mm, kizil, sariq va qora tusda. Odatda, ikki biqinidan birmuncha qisilgan; moʻylovlari toʻgʻnogʻichsimon, boʻgʻimlarga boʻlingan. Tuxumini yerga qoʻyadi. Lichinkalari chigirtka yoki arilarning inida yarim parazitlik bilan yashab, gipermetamorfoz yoʻli bilan rivojlanadi. Voyaga yetganlari oʻsimlik b-n ovqatlanadi. Qoʻngʻizlari turli q. x. ekinlariga zarar keltiradi. Beda, kartoshka, lavlagi va b. ekinlarga qizilbosh shpankanit zarari katta. Zararkunanda uncha katta boʻlmagan uchastkalarda, odatda, barcha bargni dogʻ shaklida yeydi. Malhamchilar qonida hasharotxoʻr hayvonlardan himoyalaydigan zaharli modda — kantaridin bor. Qizilbosh shpanka axlati b-n ifloslangan beda hayvonlar uchun zararli, chunki unda oz mikdorda boʻlsa ham kontaridin bor. Malhamchilar qoni odamning badaniga tushsa yara qiladi. Bir xil turlaridan tibbiyotda malham tayyorlanadi. Kurash choralari: karbofos (1 — 1,5 kg/ ga), fozalon (1,5 — 2 kg/ga), sumitsidin (0,4—0,5 kg/ga), ripkord (0,5—0,20 kg/ga) va b. insektitsidlar purkash.

Najmiddin Mahmudxoʻjayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x