GAROV HUQUQI

GAROV HUQUQI (fuqarolik huquqida) — bir shaxsning majburiyatlarni taʼminlash uchun boshqa shaxsga mol-mulkka oid huquqni berishi (garov) ni tartibga soluvchi va mustahkamlovchi xuquqiy meʼyorlar majmui. Oʻzbekistonda Garov huquqi garov toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan paytdan yoxud shartnoma notarial tasdiqlanishi shart boʻlsa — notarial tasdiqdangan paytdan, shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilishi shart boʻlganida esa — roʻyxatdan oʻtkazilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Garovga oid huquqiy munosabatlar, jumladan: garovga qoʻyilgan mol-mulkka boʻlgan huquqlar, boshqa shaxsga oʻtganida garovning saklanishi, garov toʻgʻrisidagi shartnoma boʻyicha huquqlardan bosh-qa shaxs foydasiga voz kechish, garov bilan taʼminlangan majburiyat boʻyicha qarzni boshqa shaxsga oʻtkazish, garovga oluvchining hamda garovga qoʻyuvchining huquqlari, majburiyatlari va h. k. Oʻzbekistan Respublikasi FK, Oʻzbekistan Respublikasi «Garov toʻgʻrisida»gi qonunining yangi tahriri (1998-y. 1 may) asosida tartibga solinadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x