SPIDOMETR (ing. speed — tezlik va metr) — transport mashinalarining harakat tezligini (km/soatda) koʻrsatadigan asbob. Magnit induksiyali va mexanik xillari bor. Magnit induksiyali Spidometr mashinaning uzatmalar qutisidagi ikkilamchi val bilan birikkan oʻzgarmas magnit maydonining Spidometr mili biriktirilgan disk yoki silindrda induksiyalanadigan uyurma toklar magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashuviga asoslangan. Spidometr mili mashinaning harakat tezligiga mos ravishda buriladi. Mexanik Spidometr markazdan qochmakuchga asosan ishlaydi (yana q. Taxometr). S. mexanik yoki elektr usulda mashina transmissiyasi yoki gʻildiraklaridan harakatga keltiriladi. Spidometrning bir uzeliga transportning oʻtgan yoʻlini koʻrsatuvchi hisoblash mexanizmi oʻrnatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые