ETANOLAMINLAR

ETANOLAMINLAR — rangsiz, aminlarga xos hidli, qovushoq gigroskopik suyuqliklar. Monoetanolamin (2aminoetanol, etanolamin, kolamin), dietanolamin (iminodietanol) va trietanolamin (nitriltrietanol) farkdanadi. Etanolaminlar suv bilan cheksiz miqdorda aralashadi. Etanol, benzol, xloroformda yaxshi eriydi, geptanda oz eriydi. Aminlar va spirtlarning xossalarini namoyon qiladi.

Monoetanolamin (NOSN2SN2TMN2) ning mol. m. 61,08, suyuqlanish t-rasi 10,6°, qaynash t-rasi 171°, zichligi 1016 kg/m3. Dietanolamin (N0SN2SN2)2 N4 ning mol. m. 105,14, suyuklanish t-rasi 27,8°, qaynash t-rasi 270°, zichligi 1097 kg/m3. Tr i e t a n o l a m i n (NOSN2SN2)^ ning mol. m. 149,19, suyuqlanish t-rasi 21,2°, qaynash t-rasi 360°, zichligi 1124 kg/m3.

Etanolaminlar — kuchsiz asoslar; mineral va kuchli organik kislotalar bilan tuzlar beradi. Etanolaminlar sanoatda etilenoksidnn suv ishtirokida 90—130° va 7—YUMPa bosim ostida suyuq fazali ammonoliz qilish yoʻli bilan olinadi. Etilenoksid ammiak nisbati 1:15 boʻlganda reaksiya mahsuloti sifatida 78,3% mono, 16% di va 4,4% trietanolamin hosil boʻladi. Bu jarayonda etilenoksid konversiyasi 100% boʻlib, suv, mono, di va trietanolaminlar reaktifikatsiyalash usuli bilan ajratib olinadi. Lab. sharoitida Etanolaminlar ammiakni oksietillash, etilenxlorgidrinni aminlash, metilensiangidrinni gidrogenlash yoʻli bilan sintez qilinadi. Etanolaminlar adsorbent sifatida, emulgatorlar i. ch. da, dispergatorlar, koʻpik, yuvuvchi va tozalovchi vositalar, shampunlar, sirt faol moddalarni barqarorlashtiruvchi modda sifatida qoʻllanadi.

Monoetanolamin etilendiamin, Mvinilpirrolidin va boshqalarni organik sintezlashda, dietanolamin — plastifikatorlar, korroziya ingibitorlari va boshqalar olishda ishlatiladi.

Zikrilla Isaboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x