TOVLAMACHILIK — mulkiy jinoyatlardan biri. Oʻzbekiston jinoyat huquqiga koʻra, Tovlamachilik jabrlanuvchi yoki uning yaqin kishilariga zoʻrlik ishlatish, mulkka shikayet yetkazish yoki uni nobud qilish, yoxud jabrlanuvchi uchun sir saklanishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni oshkor qilish bilan qoʻrqitib oʻzgadan mulkni yoki mulkiy huquqni topshirishni, mulkiy manfaatlar berishni yoxud mulkiy yoʻsindagi harakatlar sodir etishni talab qilish yoxud jabrlanuvchini oʻz mulki yoki mulkka boʻlgan huquqini berishga majbur qiladigan sharoitga solib qoʻyish demakdir. Tovlamachilikda fakdt moddiy boyliklargina emas, balki mulkiy maqomdagi hujjatlar, qarz (tilxat), merosdan voz kechish toʻgʻrisidagi hujjat, moddiy boyliklarni olish uchun ishonch qogʻozi, sanatoriylarga yoʻllanma va h. k. ham tajovuz buyumi boʻlishi mumkin. Tovlamachilik jinoyati tamagirlik motivi bilan sodir kilinadi. Tovlamachilikda mulk zoʻrlik ishlatilib tortib olinmaydi, balki uning egasi tomonidan oʻz ixtiyori bilan beriladi. Shuningdek, Tovlamachilikda jabrlanuvchiga nisbatan qoʻllaniladigan doʻqpoʻpisa, agar jabrlanuvchi tovlamachining talabini bajarmasa, keyinchalik amalga oshirilishi nazarda tutiladi. Koʻpgina hollarda Tovlamachilik shantaj, reket nomi bilan ham ataladi. Lekin shantaj ham, reket ham Tovlamachilikdan farq qiladi. Shantaj—shaxsiy sharmanda qiladigan maʼlumotlarni oshkor etish bilan qoʻrqitib, biron bir harakatni sodir ettirish boʻlsa, reket bir necha shaxslar tomonidan doʻq qilish, zoʻrlik ishlatish va koʻrqitish orqali amalga oshiriladigan qilmishdir. Tovlamachilik uchun Oʻzbekiston Respublikasi JKning 165moddasida jinoiy javobgarlik belgilangan.
Mirzayusuf Rustamboyev.