TOGʻCHI

TOGʻCHI, toqchi, toxchi — Jan. Oʻzbekistonning qad. tub (avtoxton) turkiy qavmlaridan biri. Togʻchi soʻzi «togʻlik» maʼnosini anglatadi. Ular baʼzan oʻzlarini Dashti Qipchoq oʻzbek qatagʻonlariga ham mansub deb biladilar. Lekin Togʻchi larning ajdodlari Jan. Oʻzbekiston hududida Dashti Qipchoq oʻzbeklari kelishidan ham burun yashashgan. Ular togʻlarda istiqomat qilganliklari sababli Togʻchilar deb atalgan. Togʻchilar, asosan, Surxondaryo vohasida yashab soni jihatidan chigʻatoylar va qoʻngʻirotlardan keyin turishgan. 1924-y. gi maʼlumotlarda Boysun tumani boʻyicha 5605 nafar Togʻchi qayd etilgan. Koʻhitang togʻining sharqiy qismida 1190 kishi. Sherobod daryosining oʻrta oqimida 2695 kishi, Sherobod daryoning yuqori qismida 665 kishi, Surxon havzasining oʻng qirgʻoq qismida 1055 Togʻchilar istiqomat qilgan. Togʻchi larning tashqi qiyofasida mongoloid irqiga xos belgilar kamroq boʻlib, togʻda yashovchi tojiklarga koʻproq oʻxshaydi. Togʻchi larning tili oʻzbek tilining qarluq laxjasiga kiradi. Togʻchi tojiklar kabi kichik etnik guruhlarga boʻlinmaydi. Ularda ichki nikohendogamiya anʼanalari juda kuchli saqlangan boʻlib, baʼzan tojik va turklar bilan qiz olib berishgan. Mahalliy qoʻngʻirot, doʻrmon, yuz, laqay kabi qavmlar bilan nikoh aloqalari umuman taqiklangan. Togʻchi larning asosiy anʼanaviy mashgʻulotlari chorvachilik (qoʻy, echki), dehqonchilik va xunarmandchilikdan iborat boʻlgan.

20-a. ning boshlarida sodir boʻlgan iqtisodiy va siyosiy jarayonlar tufayli Togʻchi larning koʻpchiligi oʻzbeklar, baʼzi guruxlari esa tojiklar tarkibiga singib ketishgan.

Ad.: Karmыsheva B. X., Ocherki etnicheskoy istorii yujnoʻx rayonov Tadjikistana i Uzbekistana, M., 1976; Shoniyozov K., Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni, Togʻchi, 2001.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x