UYURMA TOKLAR

UYURMA TOKLAR, Fuko toklari — oʻzgaruvchan magnit maydonida harakatlanayotgan massiv metall oʻtkazgichlarda hosil boʻladigan yopiq elektr induksion toklarp (rasmga q.). U. t. transformatorlarning oʻzagida, elektr mashinalarning turli kismlari va b. da hosil boʻladi.

Uyurma toklar magnit maydoni oqimining oʻzgarishiga bogʻliq. Oqim qancha tez oʻzgarsa Uyurma toklar shuncha katta boʻladi. Oʻtkazgichdan maʼlum yoʻl boʻyicha oʻtayotgan elektr tokidan farqli ravishda Uyurma toklar oʻtkazgichning oʻzida tutashadi va uyurma konturlar hosil qiladi. Bu tok konturlari ularni hosil qilgan magnit oqimiga taʼsir koʻrsatadi. Lens qoidasiga binoan, Uyurma toklarning magnit maydoni shu tokni hosil qilgan magnit oqimining oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatadi.

Joul — Lens qonunita muvofiq, Uyurma toklar hosil boʻlganda oʻtkazgichlar qizib, energiyaning yoʻqolishiga va oqibatda mashinalarning f. i. k. pasayishiga sabab boʻladi. Bularni kamaytirish uchun oʻzgaruvchan tokda ishlaydigan mashina va apparatlarning magnit oʻzagini yaxlit ferromagnetiklar (elektrotexnika poʻlati) dan emas, balki birbiridan izolyatsiyalangan (mas, maxsus loklar bn) plastinalardan tayyorlanadi. Uyurma toklar metallarni eritish, ularning yuzasini toblash va b. da qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x