UMAROV Sulton Umarovich

UMAROV Sulton Umarovich (1908.1 1(24) .8, Xoʻjand 1964.6.5, Dushanba] — fizik olim, davlat va jamoatarbobi. Oʻzbekiston FA akad. (1943), prof. (1949). Tojikiston FA akad. (1957). Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958). Samarkand Pedagogika akademiyasini tugatgan (1930). Oʻzbekiston un-ti dotsenti va kafedra mudiri (1936-y. dan). Toshkent pedagogika inti direktori oʻrinbosari (1941), Oʻrta Osiyo un-ti rektori (1942—43; 1945—50). Oʻzbekiston XKS raisining oʻrinbosari (1943—45). Oʻzbekiston FA Fizikatexnika inti nazariy fizika boʻlimi mudiri (1950—56), shu int direktori (1956—57). Tojikiston FA prezidenta (1957—64). Umarovning ilmiy ishlari kinetik nazariya, statistik va yadro fizikasi, fizik elektronika, yarimoʻtkazgich asboblarning ishlash nazariyasi va fizikaning falsafiy muammolari masalalariga oid. As: Atom yadro energiyasi, T., 1965.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x