VISHNIY VOLOCHYOK — RF Tver vi-loyatidagi shahar. Vishi ni Volochyok suv sistemasi (1709-y. dan ishlaydi) boʻyidagi pristan. Moskva — SanktPeterburg avtomobil yoʻli ustida. T. y. stansiyasi. Aholisi 64,5 ming kishi (1999). Toʻqimachilik sanoatining yirik markazi. Ip gazlama k-ti, yigirishtoʻqish va trikotaj f-kalari. mexanika, oyna-shisha, avtomobil tuzatish z-dlari, karavot, pianino, oyna f-kalari, yogʻochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Drama teatri, oʻlkashunoslik muzeyi bor.
Loading…