CHILANGARLIK

CHILANGARLIK — mayda buyumlar (ustara, qaychi, bigiz, arra, iskana kabi ish asboblari)ni yasash kasbi; zamonaviy i. ch. sharoitida turli mexanik amallarni bajarish. Chilangarlik buyumlari avval xonaki hunarmandchilik usullarida ishlab chiqarilgan. Chilangarlar, asosan, oʻchoq, dam, bozgʻon, bolgʻa, ombur vab. asboblardan foydalangan. Ular sartaroshlik, etikdoʻzlik, kavushmahsidoʻzlik, tikuvchilik va duradgorlik kasblariga kerakli, shuningdek, binokorlik uchun ish qurollari yasashgan. Hozir Chilangarlik mahsulotlari asosan korxonalarning maxsus sexlarida koʻplab ishlab chiqariladi. Korxonalardagi Chilangarlik (slesarlik) rejalash, kesish yoki qirqish, tekislash yoki toʻgʻrilash, egish, parmalash, oʻyish, egovlash, parchinlash, kavsharlash, qalaylash va b. amallarni oʻz ichiga oladi. Biror mahsulotni tayyorlashda bu amallarning baʼzilari birinketin muayyan tartibda bajariladi. Bu tartib texnologik jarayon deb ataladi. Texnologik jarayondagi amallar maxsus asbobuskunalar, dastgohlar, stanoklar, kavsharlash va payvandlash jihozlari yordamida bajariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x