XARI (qurilishda) — imorat toʻsinlari ostidan koʻndalangiga qoʻyiladigan asosiy yogʻoch. Toʻsinlarga nisbatan uzunroq va yoʻgʻonroq, asosan, dumaloq kesimli boʻladi. Baland va pishik navli daraxtlar (terak, qaragʻay, qayragʻoch, igna bargli daraxtlar va b.)dan tayyorlanadi. X. bop yogʻoch olish uchun daraxt tanasi zarur uzunliqda kesib olinganidan soʻng poʻstlogʻi shilinib, salqin joyda astasekin quritiladi. Xarilik yogʻoch iloji boricha darz ketmagan, yorilmagan boʻlishi lozim. X. diametri (yoʻgʻonligi) 15—30 sm, uz. 5—7 m boʻladi. Diametri boʻyiga monand qilib (qancha uzun boʻlsa, shuncha yoʻgʻon yogʻoch) tanlanadi. Shunda u toʻsinlar ogʻirligidan egilib ketmaydi. Daraxt tanasining butoklari, shoxshabbalari kesib tashlanib, poʻstlogʻi shilingani xoda (uzuni Xari likka yaraydi), kaltakalta kilib kesilgan boʻlaklari gʻoʻla deb ataladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые