O‘z joniga qasd qiluvchi insonlarning miyasi boshqalarnikidan qanday farq qilishi aniqlandi

O‘z joniga qasd qiluvchi insonlarning miyasi boshqalarnikidan qanday farq qilishi aniqlandi
Bizni telegram orqali ham kuzatishingiz mumkin Kanalga obuna bo’lish

Duglas universiteti qoshidagi Ruhiy salomatlik institutining kanadalik mutaxassislari surunkali depressiya miyada astrositlar sonining keskin pasayishi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashdi.

Bu haqda “Frontiers in Psychiatry” jurnalidagi maqolada batafsil ma’lumot berildi, – deya yozmoqda Aniq.uz.
Ta’kidlanishicha, tadqiqot davomida mutaxassislar o‘z joniga qasd qilgan hamda ruhiy tushkunlikka tushgan erkaklarning miya to‘qimalarini ruhiy sog‘lom odamlardan olingan namunalar bilan taqqoslashgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘z joniga qasd qilganlarda astrositlar (asab to‘qimalarining o‘sishida ishtirok etuvchi va neyronlarni zararli moddalardan himoya qilib, ularning faoliyatini tartibga soluvchi hujayralar) sonining sezilarli darajada kam bo‘lganligini kuzatishgan.
Mualliflarning qayd etishlaricha, bunday o‘zgarishlar miyaning buzilishi va depressiv alomatlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, ammo bu astrositlarning qaysi funksiyalari bilan bog‘liqligi va bu hujayralar sonini qanday oshirish mumkinligi hali aniq emas.
Biroq olimlar ushbu mavzuga ijobiy yondashishmoqda: neyronlardan farqli o‘laroq, astrositlar kattalarda ham ko‘p miqdorda hosil bo‘ladi. Shuning uchun agar ularning sonining kamayishi sababi aniqlansa va uni tuzatish yo‘li topilsa, surunkali depressiyaga chalingan ko‘plab odamlarga yordam bera olish yo‘li topiladi.

Maqola yoqdimi! Uni tezroq do’stlaringizga ma’lum qiling:

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x