XALQARO ASTRONAVTIKA FEDERATSIYASI — kosmik fazoni tinchlik maqsadlarida tadqiq qilish va oʻzlashtirish muammolari, shuningdek, raketa texnikasi va kosmik huquq masalalari bilan shugʻullanuvchi xalqaro ilmiy tashkilot. 1950-y. astronavtika va raketa jamiyatlarining Parijda oʻtkazilgan 1Xalqaro kongressida 8 ta davlat (Avstriya, Argentina, Buyuk Britaniya, Daniya, Ispaniya, Fransiya, Germaniya, Shvetsiya) vakillari Xalqaro astronavtika federatsiyasi tuzish haqida qaror qabul qildi. Xalqaro astronavtika federatsiyasi Xalqaro astronavtika kongressini oʻtkazib turadi. 1952-y. Shtutgart (Germaniya) da boʻlib oʻtgan ZXalqaro astronavtika kongressida Xalqaro astronavtika federatsiyasining nizomi qabul qilindi. 1960 ydan Xalqaro astronavtika federatsiyasi qoshida Xalqaro astronomiya akademiyasi va Xalqaro kosmik huquq inti faoliyat koʻrsatadi. Ushbu tashkilotlar oʻz nizomi va boshqaruv organlariga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining asosiy boshqaruv organi Bosh assambleya bulib, u har yili Xalqaro astronavtika federatsiyasining kongressi bilan yigʻiladi. Bosh assambleya sessiyasida Xalqaro astronavtika federatsiyasining joriy ishlarini prezident va 4 ta vitseprezidentdan iborat byuro boshqaradi. 40 ga yaqin mamlakatning ilmiy tashkilotlarini birlashtiradi. YUNESKO va Xalqaro elektr aloqa ittifoqi qoshida konsultativ maqomga ega. Xalqaro astronavtika federatsiyasining shtabkvartirasi va kotibiyati Parij sh. da joylashgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые