ADAMSIT, digidrofenarsazin xlorid, (HNC6H4) 2AsCl — sariq kristall modda. Suyuqlanish t-rasi 195°, qaynash t-rasi 410°, zichligi 1648 kg/m3, hidsiz. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda kam eriydi. Adamsit difenilamin (C6H5)2NH va margumush (III)-xlorid AsCl3 dan yoki difenilamin xlorgidrat (C6H5)2NHHC1 va margumush oksidi As2O3 dan olinadi. Kimyoviy barqaror, qizdirishga va detonatsiyaga chidamli. 1-jahon urushining oxirida zaharlovchi modda sifatida tavsiya etilgan. Yuqori nafas yoʻllarini yalligʻlantiradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые