TABAQA PARDOZ

TABAQA PARDOZ — oʻymakorlikda pardoz turi; uyma gul — naqshlarni 2 yoki 3 qatlamli oʻymalar bilan pardozlash usuli. Oʻymalari uncha chuqur boʻlmasada, naqshlar hajmdor koʻrinishga ega boʻlib, ajoyib jozibadorlik hosil qiladi. Pardozlar ichida eng murakkabi boʻlgani uchun ustadan yuksak kasbiy mahorat talab etadi. Buxorolik ustalar Tabaqa pardoz usulini keng qoʻllaydi. Jumladan, Usta Shirin Murodov T. p. ning imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalanib, jozibador naqsh mujassamotlari yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x