VODILIY (taxallusi; asl ismi Soʻfiyev Abdurahmon) (1893, Fargʻona, Vodil qishlogʻi — 1965, Toshkent) — oʻzbek shoiri. Erkin fikrlilikda ayblanib quvgʻin va taʼqiblarda yashagan. Vodiliyning «Devon»i (1963), farzandlariga yozgan oʻgitlari bor. Abdurahmon Jomiyning tasavvufga oid kitobi, Fariduddin Attorning «Mantiq ut-tayr», Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonlarining qiyosiy, nasriy bayonlari hamda Muhammad Hodiyning «Alvohi intiboh» asarlariiing oʻzbekcha tabdili Vodiliy qalamiga mansub. Sheʼrlarida ozodlik yoʻlida kurashgan erksevar vatandoshlarining fikri, niyatlari aks ettirilgan.
As: Sheʼrlar, T., 1999.