VITVATERSRAND

VITVATERSRAND — dunyodagi eng yirik oltin-uranli havza (kon). JAR hududida (Transvaal va Oranj provinsiyalari) joylashgan. 1884 – y. da ochilgan. 1886-y. dan ekspluatatsiya qilina boshlagan. 1952-y. dan yoʻl-yoʻlakay uran olinmoqda. 1980-y. gacha kondan 36 ming t oltin olingan. Bu esa iqtisodiy rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda olingan oltinning qariyb 1/3 qismini tashkil etdi. Oltinning umumiy zaxirasi 15,5 dan 18,7 ming t gacha, tovar rudasidagi oʻrtacha miqdori 9,3 g/t. 10 ta gorizontdan 4000 m gacha chuqurliqdan oltin olinadi. Ruda qazib olishning yirik markazlari: Yoxannesburg, Klerksdorp, Odendalsryus, Belkom. Shaxtalarda t-ra 50° dan yuqori. U3Og ning umumiy zaxirasi 128 ming t, ruda tarkibidagi oʻrtacha miqdori 0,02—0,05%. 1970-y. lar 2-yarmida har yili 3,2 dan 5,5 ming t gacha uran olingan. 1970-y. da eng koʻp oltin olingan (1000,4 t). Keyingi yillarda olingan oltinning miqdori asta-sekin kamaya bordi. Yoʻl-yoʻlakay pirit, osmiyli iridiy guruhi minerallari, platinali metallar va kumush olinadi. Rudalanish asosan quyi proterozoy davri Vitvatersrand sistemasida joylashgan. Rudali konglomeratlardagi ruda jinslari (riflar) rudasiz kvarsit qatlamlari b-n birga uchraydi. Konglomeratlar riflar hosil qilgan, ularning sanoatbop xillari banket deb ataladi. Alohida konglomerat qatlamlarining qalinligi 2—3 sm dan 3 m gacha, uz. 3—4 km gacha. Rudali maydonda 3 yarus (yuqori, oʻrta va quyi) jinslari ishtirok etgan. Quyi yarus arxey davri gneys va kristalli slaneslardan, oʻrta yarus kechki tokembriy slanes, kvarsit, konglomerat va vulkan jinslaridan va yuqori yarus paleozoy yotqiziqlaridan tashkil topgan. Vitvatersrand hosil boʻlishi munozarali. Bir guruh olimlar Vitvatersrand qad. daryo deltalari sochmalari boʻlib keyinchalik metamorflashgan desalar, boshqalar gidrotermal ja-rayoni ishtirok etgan deb hisoblaydilar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x