HIROVUL (moʻgʻulcha — yakkalanmoq, uzoqlashmoqdan) — ilgʻor qism, avangard. Amir Temur yurishlariga oid forsiyda bitilgan tarixiy manbalarda qayd etilgan. Eski oʻzbek tili man-balarida Hirovulning irovul (eravul) fo-netik varianti ham mavjud boʻlib, u «Boburnoma» va Abulgʻoziyning «Sha-jarayi turk»ida ishlatilgan. Hirovul bir qator obidalarida boshqa bir moʻgʻulcha manglay (mangʻliy) atamasi bilan al-mashingan. Jangovar tartibga binoan Hirovul lashkarning peshravi (avanposti) qorovullan keyin, yaʼni markaz gʻuldan oldin, oʻng qanot (barangʻar) va chap qanot (juvangʻar) oraligʻida hara-kat qilgan. Hirovulga janglarda suyagi qotgan, tajribali, bahodir jangchilar jalb etilgan, atoqli sarkardalar qoʻmondonlik qilgan. Sohibqiron qoʻshinida asosiy, bosh H. qatori oʻng qoʻl va soʻl qoʻlning ham Hirovuli mavjud boʻlgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые