VATTLAR (nem. — Watten, gollandcha — wadden — sohil sayozliklari) — Boltiq, Oxota, Irlandiya dengizlari, Shimoliy dengiz va Oqdengizda, AQSH ning Atlantika okeani sohilida dengiz sathi koʻtarilganda suv bosadigan va dengiz suvi pasayganda ochilib qoladigan joylar. Dengiz suvi koʻtarilganda oqindi choʻkaverib, Vattlar asta-sekin koʻtarila boradi. Vattlar yer yuzasi oʻrnini teztez oʻzgartirib turuvchi novlar va dare oʻzanlari bilan oʻyilgan. Baʼzan Vattlar toʻgʻon b-n toʻsiladi, shundan soʻng botqoqlik qurib, unumdor yerlar (polder)ga aylanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые