BUJGʻUN — pista daraxtining magiz qilmay, bujmayib qolgan meva (pista)si. Bujgʻun ipak boʻyogʻiga xurush oʻrnida (6 kg ipak boʻyogʻiga 1 kg siyopar va 400 g B.) solinadi. Bujgʻun ipakning rangini aynitmaydi. Ayrim oʻsimliklarning organlarida viruslar, bakteriyalar, zamburugʻlar, kanalar, hasharotlar taʼsirida vujudga keladigan patologik oʻsimtalar (gallalar, setsidiyalar) ham Bujgʻun deb ataladi. Dukkakli oʻsimliklarning ildizida tuganak bakteriyalari paydo qiladigan tuganaklar q. x. uchun foydali.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые