QON SOʻRARLAR, qon soʻrar pashshalar — doira chokli kalta moʻylov ikki qanotlilar oilasi. Qushlar va sut emizuvchilar qonini soʻruvchi ektoparazitlar (nomi shundan). Kuchli rivojlangan oyoqlari va tishchali tirnoqlari yordamida oʻz xoʻjayinining yungi va patlariga yopishib oladi. Qanotli, kalta va qanotsiz (mas, qoʻy Q. s. i) turlari bor. 200 dan ortiq turi maʼlum. Koʻpchilik Qs. muayyan hayvonlar guruhida parazit yashashga moslashgan. Oʻzbekiston faunasida 11 turi aniqlangan. Qurtlari urgʻochisining bachadonsimon kengaygan tuxum yoʻlida rivojlanadi; 2 ta yirik qoʻshimcha bezlar ishlab chiqaradigan suyuqlik («sut») bilan oziqlanadi; muayyan vaqt oraligʻida bittadan tugʻiladi. Qurtlari gʻu. mbakka aylanishdan oldinroq tugʻiladi. Yangi tugʻilgan qurtlar tanasi yelimsimon modda bilan qoplangan. Bir necha soat davomida qurt yelim gʻilof ichida gumbakka aylanadi. Shuning uchun Qon soʻrarlarni gʻumbaklik davrida tugʻiluvchilar guruhiga kiritiladi. Ot, eshak va sigirlarda ot Qon soʻrarlari, itlarda it Qon soʻrarlari, qoʻylarda qoʻy Qon soʻrarlari parazit holda yashaydi. Qon soʻrarlar baʼzan odamga ham hujum qiladi. Qon soʻrarlar hayvonlarni bezovta qilib, ziyon yetkazadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые