SHIMOLIY KAROLINA — AQSHning sharqiy qismidagi shtat. Mayd. 136,4 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (2002). Maʼmuriy markazi — Roli shahri Shtatning sharqiy qismi Atlantika boʻyi pasttekisligida, gʻarbi Appalachi togʻlari (eng baland joyi 2037 m) va Pidmont platosida. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi shim. gʻarbida 0° dan, jan. sharqida 8° gacha, iyul oyida shim. da 24°, jan. da 26°. Yillik yogʻin 1000— 1300 mm. Daryolarining quyi qismida kema qatnaydi. Appalachi togʻlarida keng bargli oʻrmonlar qisman sakdangan. Iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — toʻqimachilik sanoati. Shtat ip gazlama ishlab chiqarish boʻyicha mamlakatda 1-oʻrinda. Tamaki, yogʻochsozlik (mebel), tikuvchilik sanoati korxonalari bor. Alyuminiy eritiladi, kimyoviy tolalar ishlab chiqariladi. Q. x. da dehqonchilik rivojlangan. Asosiy ekini — tamaki, shuningdek, yer yongʻoq, makkajoʻxori, sabzavotlar ekiladi. Chorvachilikda, asosan, qoramol, choʻchqa boqiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые