HAYDAMAKLAR

HAYDAMAKLAR, gaidamaklar (turkiycha — haydalmoq) — Oʻng sohil Ukrainada 18-a. dagi xalq-ozodlik harakati qatnashchilari. Tarixiy man-balarda 1717-y. dan Haydamaklar haqida maʼlumotlar uchraydi. Haydamaklar polyak va ukrain shlyaxtichlari (zodagonlari) mulklarini talontaroj etishgan. Haydamaklar otryadlari ukrain dehqonlari, Zaporojye kazaklarining eng kambagʻal qatlami, yollanma batraklar, hunarmandlardan tarkib topgan. Chor Rossiyasi Haydamaklar harakatini bostirishda faol qatnashgan, 1734, 1750 va 1768-y. larda bu harakat yirik xalq qoʻzgʻoloniga aylangan. Haydamaklar harakatining eng yuqori nuqtasi 1768-y. dagi qoʻzgʻolon boʻlgan. Oʻng sohil Ukraina Rossiya tarkibiga kirgach (1793), oʻlkadagi kurash boshqacha tus olgan.

1918—20 y. lardagi Fuqarolar urushi davrida qizil armiya bilan kurashgan ukrain qoʻzgʻolonchilari ham oʻzlarini Haydamaklar deb atashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x