CHUST-POP ADIRLARI

CHUST-POP ADIRLARIFargʻona vodiysidagi adirlar. Fargʻona botigʻining shim. da. Gʻarbda Xonobod qishlogʻidan boshlanib sharqda Chuyet sh. yaqinida tugaydi. Shim. da OlmosVarzik adirorti botigʻi, jan. da Chodaksoy, Gʻovasoy, Chustsoy va b. yoyilma konuslarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan Sirdaryoga nishab tekisliklar va Sirdaryo terrasasi bilan chegaralangan. Adirlar gʻarbdan sharqqa 38 km ga choʻzilgan. Eni 4—5 km. Balandligi gʻarbiy qismda 939 m gacha, sharqida 855 m gacha. Qurama va Chatqol tizmalaridan boshlanuvchi daryolar (Olmos, Morguzar, Tuzli, Murildi, Jida) adirlarni kesib oʻtgan. Antiklinal tuzilishga ega, neogenquyi toʻrtlamchi davrlarning gil, alevrolit, konglomerat, lyosslaridan tashkil topgan. Qishi moʻtadil, yozi issiq, yogʻingarchilik kam. Boʻz tuproqlar tarqalgan, asosan, efemer va efemeroidlar oʻsadi. Ancha qismi suv chiqarilib oʻzlashtirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x