«TURON» YAKKA KURASHI — milliy sport turi. Turkiy xalqlar jang qilish sanʼati namunasi sifatida qadimdan mashhur boʻlgan. Bu turdagi yakkamayakka kurashish usuli Amir Temur davrida takomiliga yetgan. «Turon yakka kurashi» ya. k. ning zamonaviy qonunqoidalarini xalqaro miqyosdagi sport ustasi B. Saidov ishlab chiqdi (1991). Kurashchilar peshonaband belbogʻ bogʻlab, yaktak, keng ishton kiyib musobaqalashadilar. Raqiblar maydonga chiqqanda qoʻllarini yuqoriga koʻtarib, bir-birlariga kaftlarini koʻrsatishadi. Bu «koʻrib qoʻy, qoʻlimda hech narsa yoʻq, halol kurashaman» degan maʼnoni bildiradi. «Turon yakka kurashi» ya. k. ning ikki: jang va erkin mashq yoʻnalishi bor. Jan g yoʻnalishi boʻyicha bellashuv 2 qismdan iborat boʻlib, har bir qismi 5 min. dan boʻladi, katta yoshdagi sportchilar uchun 1 raund 5 min. ni tashkil qiladi. Qolgan yoshdagilar uchun 1 raund 2—3 min. davom etadi. Bu yoʻnalishda gʻalaba va sof gʻalaba bor. Gʻalaba raqibiga koʻp zarba berib eng koʻp ball yiqqan oʻyinchiga, sof gʻalaba esa raqibi zarba olganda gangisa, behol holatga tushib qolsa yoki boʻgʻma usuli bilan yutganda berilishi mumkin. Erkin mashq yoʻnalishi bitta va bir necha sportchi (jamoa) bilan bajariladigan maigklar boʻlib, 1,5 min. davom etadi. Mashqlar buyumsiz va buyumlar bilan bajariladi. Eng koʻp ball toʻplagan oʻyinchi yoki jamoa gʻolib chiqadi. Qilich, gimnastika tayogʻi, arqon kabi buyum bilan bajariladigan koʻrgazmali mashklar bilan chiqishlari mumkin. U sportchining texnik usullarni qanchalik egallaganligi va jismoniy chiniqqanligini namoyish etadi. Bu chiqishlar ham ball bilan baholanadi.
Oʻzbekistonda «Turon yakka kurashi» ya. k. federatsiyasi tuzilgan (1995). Har yili Toshkent sh. birinchiligi va Oʻzbekiston chempionata musobaqalari oʻtkaziladi. «Turon yakka kurashi»ya. k. «Alpomish oʻyinlari» festivali dasturidan joy olgan. Bu sport turi boʻyicha Oʻzbekistonda 10 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. 5 xalqaro sport ustasi, 30 dan ortiq sport ustasi tayyorlandi (2004). «Turon yakka kurashi» ya. k. xalqaro miqyosda tan olinmoqda. AQSH, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Ukraina, Latviya, Moldaviya, Belorussiya va b. mamlakatlarda «Turon yakka kurashi»ya. k. sport seksiyalari ochilgan. 1rasmiy xalqaro turnir oʻtkazilib (1996, Toshkent), unda A. Kenjaboyev (Qozogʻiston), Ch. Mergenov (Turkmaniston), T. Fattoxrv, A. Rabinovich (Oʻzbekiston), D. Juravlev (Rossiya) gʻolib boʻlganlar.