ANDIJON QOʻGʻIRCHOQ TEATRI

ANDIJON QOʻGʻIRCHOQ TEATRI, Andijon viloyat «Lola» qoʻgʻirchoq teatri — bolalar teatri. 1968-y. apr. da Respublika davlat qoʻgʻirchoq teatri krshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil boʻlgan. Teatr oʻzbek va rus guruhidan iborat. Teatr qisqa vaqt ichida oʻz ijodiy yoʻli va uslubiga ega boʻldi. «Shavkatning sarguzashtlari», «Buyuk qurbaqacha», «Malaxit quticha», «Alpomish», «Toshkent — 66» kabi spektakllar sahnalashtirildi. Teatr sahnasidan «Ustabilarmon Timcho», «Shoh va tegirmonchi», «Quvnoq xoʻrozchalar» kabi chet el asarlari oʻrin oldi. 80-y. lar teatr bolalarni doʻstlikka, halollikka, vatanparvarlikka undovchi asarlarni sahnalashtirdi. «Bahromning merosi», «Oʻtkir shoxli buqacha», «Doʻst bola va oʻz bola», «Shahzod va Qunduz», «Oltin joʻjacha» va b. shular jumlasidan. «Men endi kattaman», «Aldoqchi qargʻa», «Kotik va Motik», «Shoh laylak» kabilar ham teatrning eng yaxshi spektakllaridan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar B. Jabborov, L. Aysina, artistlardan M. Yoʻldosheva, L. Nikolskaya, 3. Mamasiddiqov, F. Sayislomova, A. Choʻqqiyev kabi aktyorlar ijod qilmoqdalar. «Oltin delfin» xalqaro festivalida teatr bronza medali sovrindori boʻlgan (Varna, 1981). Teatrning badiiy rahbari — B. Jabborov (1997).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x