AHMADSHOH DURRONIY (taxm. 1721 — 1773) — afgʻon davlat arbobi va sarkarda, mustaqil afgʻon davlati asoschisi, shoir. Afgʻonlarning durroniy qabilasining sadozay urugʻidan. 1738-y. Eron shohi Nodirshoh Afshar xizmatiga kirgan. 1747-y. Nodirshoh vafot etgach, A. D. Eron armiyasidagi afgʻon qoʻshinlarini Afgʻonistonga olib ketgan. 1747-y. Afganistan shohi deb eʼlon qilingan. Oʻz hukmronligi ostiga barcha afgʻon qabilalari hamda xonlariii birlashtirib, ularni turli sovgʻalar, yerlar, mansablar bilan oʻziga tarafdor qilib olgan. Hindiston, Eron va Jan. Turkistonga qator harbiy yurishlar uyushtirib, Panjob (1748 — 51), Kashmir (1752), Sirxind va Sind (1757), Balujiston (1750), Seyiston (1754), Xuroson (1754) va Balxni (1752) bosib olgan. 1761-y. Panipat jangida marathalarni tor-mor keltirgan. Umrining soʻnggi davrida sikhlar bilan uncha muvaffaqiyatli boʻlmagan urushlar olib borgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые