SIMLI ALOQA — axborotlarni elektr signallari vositasida sim orkali uzatish va qabul qilish. Uzoq (shaharlararo) va mahalliy (shahar ichidagi) turlarga boʻlinadi. Axborotlar tovush orqali uzatilishi va eshitib qabul kdiinishi (telefon aloqa), shartli belgi yoki harf va raqamlar tarzida yozib olib, eshittiruvchi apparatlar yordamida uzatilishi hamda qabul qilinishi (telegraf aloqa), qoʻzgʻalmas tasvirlar — fotosuratlar, chizmalar, rasmlar (faksimial aloqa) yoki qoʻzgʻaluvchan tasvirlar tarzida (televideniye) uzatilishi mumkin. Simli aloqada yer osti aloqa kabellari, signallarni elektron kuchaytirgichlar va b. apparatlardan foydalaniladi. Simli aloqa koʻpincha radioaloqa bilan birga qoʻllanadi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые