BEK

BEK (beg, bey) (turkiycha — hukmdor, janob; sinonimi — amir) — 1) qad. turkiy xalqlarda xon xizmatidagi alohida harbiy qism vakillari. Ular katta imtiyozlarga ega boʻlib, oliy harbiy zodagonlar tabaqasini tashkil qilgan.

2) Mo-varounnahr xonliklarida davlat arboblarining bolalari va yaqin qarindoshlariga, zodagonlarga berilgan faxriy unvon. B. bolalari «bekzodalar» deb atalib, ular yoshlik chogʻidanoq maxsus tarbiyachilardan harbiy. siyosiy taʼlim olganlar. Ular kelgusida mamlakatni idora qilish, dushman hujumini qaytarish, el-ulus taraqqiyoti yoʻlida saʼyi harakat qilish ruhida tarbiyalangan;

3) Zakavkazye turkiy xalqlarida oʻrta asrlar va yangi davrda yer egasi, mulkdor unvoni;

4) Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida oʻrta asrlarda yer egalari unvoni;

5) Usmonli turk saltanatida viloyat (sanjoq) hokimi; 19 — 20-alarda Bek unvoni yuqori darajadagi turk zobitlari va amaldorlariga berilgan (1934-y. bekor qilingan); 19-a. ning 2-yarmidan Bek — asosan muro-jaat shakli;

6) Eronning ayrim joylarida qabila boshliqlari unvoni;

7) Tunisda 1705 — 1957 ylarda valiaxd shah-zodalarga berilgan unvon.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x