VENERN — Shvetsiya jan. dagi koʻl. Dengiz sathidan 44 m balandlikda. Mayd. 5,5 ming km2 (Yevropada Ladoga va Onega koʻllaridan keyin 3-oʻrinda). Uz. 140 km, eni 80 km ga yaqin, chuq. 100 m gacha. Koʻl oʻrni tektonik harakatlar natijasida vujudga kelgan. Qirgʻoqlari past, kuchli yemirilgan, orol koʻp. Koʻlga 30 dan ortiq daryo quyiladi va birgina Gyota-Elv daryosi oqib chiqadi. Venern dek. — yanv. da muz bilan qoplanib, apr. da muzdan boʻshaydi. Kemalar katnaydi. Venern Gyoteborg — Stokgolm ichki suv yoʻli (Gyotaka-nal) ning bir qismidir. Eng yirik portlari — shim. da Karlstad, sharqda Mariyestad va jan.-gʻarbda Venersborg.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые