VELOSIPED (lot. velox — tez va pes — oyoq) — oyoq bilan harakatga keltiradigan 2 yoki 3 gʻildirakli eng oddiy mashina. Insonning harakatlanish vositalaridan biri. Qoʻlda (invalidlar Velosiped) va motor (dvigatel) yordamida harakatlantiriladigan Velosipedlar ham bor. V. gʻildirak /, rama 2, egar 3, rul 4, pedal 5, zanjir 6 va ikki charx (yul-duzcha) 7dan iborat. Pedal bosilganda unga biriktirilgan charx zanjirni, zanjir esa orqa gʻildirak oʻqiga mahkamlangan charxni aylantiradi. Velosiped qoʻl yoki oyoq tormozi bilan toʻxtatiladi. Gʻildiraklarning oʻlchamiga qarab, erkaklar, ayollar va bolalar Velosiped lari vazifasiga qarab, oddiy Velosiped, universal Velosiped, sport V., maxsus (sirkda, yuk tashishda ishlatiladigan, tirkama aravachali Velosiped, V.riksha), V.-drezina (relyeda yurish uchun) boʻladi. Dastlabki Velosiped —4 gʻildirakli samokatni G. Gantshel (Germaniya, 1649), R. La Roshelli (Fransiya, 1693), L. Shamshurenkov (Rossiya, 1752), Ovenden (Angliya, 1761) yasashgan. Metalldan yasalgan birinchi ikki gʻildirakli Velosipedni Rossiyada oddiy dehqon Ye. M. Artamonov (1801) qurdi. Uning pedal oʻrnatilgan oldingi gʻildiragi orqadagisidan ancha katta boʻlgan. 19-a. 50-y. larida nemis mexanigi F. M. Fisher V. ni mukammallashtirib, deyarli hoz. holatiga keltirgan. Hoz. ikki gʻildirakli oddiy Velosiped larning tezligi 10—30 km/soat, ogʻirligi 8—16,5 kg. Motorli Velosipedlar soatiga 30—50 km tezlik b-n harakatlanadi. Sport Velosiped, ancha yengil boʻladi, tezligi soatiga 70 km gacha boradi. Hozir ham Velosipedni «qayta kashf qiluvchilar» uchrab turadi (mas., bir necha odam qator oʻtirib haydaydigan Velosiped, bir gʻildirakli Velosiped va h. k.).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые