VULKAN BOMBASI — vulkandan plastik yoki suyuq holatda otilib chiqib, havoda uchib ketayotgan paytda turli shakllarda (noksimon, duksimon, tuxumsimon, sharsimon, lentasimon va h. k.) qotgan lava parchasi. Vulkan bombasi uzunli-gi bir necha sm dan 5—7 m gacha. Vulkan bombasi maydalanib vulkan qumlari yoki kukunlariga aylanadi. Oʻzbekistonda Tomdi, Kurama, Chatqol togʻlarida paleozoy erasining silur, devon davridagi vulkan togʻ jinslarida kattaligi 15 sm dan 1,5 m gacha Vulkan bombasi uchraydi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые