SIRANUSH

SIRANUSH — kechpishar xoʻraki uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik i. t. institutida Kattaqoʻrgʻon va Pushti kishmish navlarini chatishtirib chikerilgan (Ye. A. Yergesyan). Tupi kuchli oʻsadi, barglari oʻrtacha, yumaloq, 5 boʻlmali, sel kertikli, ters tomoni silliq. Guli 2 jinsli. Uzumi avg. — sent. da pishadi. Uzum boshi yirik, konussimon, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumi oʻrtacha yoki yirik, yumaloq, oqsariq, urugʻsiz, gʻubor bilan qoplangan. Poʻsti yupqa. Eti goʻshtdor, sersuv. Tarkibida 20—22% qand bor. Kurtagi boʻrtgandan keyin faol harorat yigʻindisi 3450° boʻlganda — 150—165 kunda pishadi. Hosildorligi 150—180 s/ga. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x