SUAXILI TILI

SUAXILI TILI, kisuaxili bantu tillarining sharqiy guruhiga mansub til; eng avvalo suaxili xalqi shu tilda soʻzlashadi. Sharqiy va Mapkaziy Afrika mamlakatlarida tarqalgan (asosan, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, Keniya Respublikasi va Uganda Respublikasida ingliz tili bilan bir qatorda rasmiy til hisoblanadi) . Turli manbalarga koʻra, soʻzlashuvchilarning umumiy soni 35 — 55 mln. kishi atrofida. Suaxili tili kiungu, kimvita, kingare, kiunguja, kitumbatu, kivumba kabi 20 ga yaqin lahjadan iborat. Suaxili tili taxm. 7—8-a. larda Sharqiy Afrika qirgʻogʻi xalqlarining Afrika ichki hududlari va Sharq mamlakatlari bilan savdo aloqalari tufayli ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi jarayonida shakllana boshlagan. Turli davrlarda Suaxili tilida kiamu, kimvita va kiunguja lahjalari ustunlik qilgan. Kiunguja lahjasi haqiqiy Suaxili tili areali (Zanzibar o.) dan tashqariga chiqib, Sharqiy va Markaziy Afrikaga tarkalgan va adabiy tilga asos boʻlgan. Bantu tillari ichida Suaxili tili katta miqdordagi arabizmlar (barcha soʻzlarning 40%) mavjudligi, qad. yozuv anʼanasiga egaligi bilan ajralib turadi. Suaxili tili 10—11-a. lardan arab grafikasi, 20-a. boshlaridan esa lotin grafikasi asosidagi yozuvga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x