GRUZINLAR (oʻzlarini kartveli deb ataydilar) — xalq, Gruziyaning asosiy aholisi (3787 ming kishi). RFda 131 ming kishi. Umumiy soni 4,15 mln. kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Shuningdek, Ozarbayjon, Ukraina, Qozogʻiston, Turkiya, Eron va b. mamlakatlarda ham yashaydi. 17 ta subetnik guruhga boʻlingan: ajarlar, guriylar, imeretinlar, kartlilar, kaxetinlar, xevsurlar, megrellar, svanlar, javaxlar va b. Gruzin tilida soʻzlashadi. Dindorlari — asosan pravoslavlar, bir qismi (ajarlar, mesxilar guruhi) — musulmon-sunniylar.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые