GRINCHENKO Vyacheslav Aleksandrovich

GRINCHENKO Vyacheslav Aleksandrovich (1938.21.9, Xarkov viloyati, Krasnograd sh.) — opera xonandasi (bas). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1971), Oʻzbekistan xalq artisti (1974). Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1966 — 85), 1985-y. dan Moskva filarmoniyasi yakkaxoni. Don Karlos (J. Verdi, «Don Karlos»), Boris (M. Musorgskiy, «Boris Godunov»), don Bazilio (J. Rossini, «Sevilya sartaroshi»), Konchak, knyaz Galiskiy (A. Borodin, «Knyaz Igor»), Vojak (A. Xolminov, «Hayotbaxsh oʻlim»), Pyotr I (A. Petrov, «Pyotr Birinchi») va b. partiyalarning moxir ijrochisi. Grinchenko keng diapazonli va kuchli ovoz sohibi. Har bir obrazni haqqoniy ifoda etishga intiladi. Oʻzbekiston kompozitorlari (G. Mushel, B. Giyenko, A. Berlin va b.)ning kamer-vokal asarlarini ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Dav-lat mukofoti laureati (1981).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x