Hovlimizda ushbu kun to`yi talpon otamiz,
Yaxshilarning o`g`liga qaynota bo`lgan otamiz. (x2)
“Otadan o`g`il qolar”, deb qizlarini ranjitib,
Qiz uzatganda ko`zi yoshlarga to`lgan otamiz. (x2)
Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.
Sovchilarga “qudalar kutsin”, desam hech ko`nmadi,
“Onasining xizmatini qilsin”, desam hech ko`nmadi.
“Ukalarin o`ynatib yursin”, – desam hech ko`nmadi,
“Ota-ona mehriga to`ysin”, – desam hech ko`nmadi.
Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Dadasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.
Otalik pandim eshit: qilma xiyonat hech qachon, {x2}
Endi senga ikki ota, ikki ona mehribon.
Qaynotangni “ota” deb, qaynonangni “onajon”,
Xizmatin qilgin alarni rozi aylab har qachon.
Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.
Vaqt yetib qilsam qazo, boshimda giryon yig`lagay, {x2}
Ko`zlarining yoshlari abri nayson yig`lagay.
Ba’zi bir o`glonlarim rost-yolg`on yig`lagay,
Qizginamning nolasiga yeru-osmon yig`lagay. {x2}
Xush kelibsan jon qizim, jonimga darmonim qizim,
Otasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim,
Onasining erkasi-yu, endi mehmonim qizim.
Endi mehmonim qizim… {x2}
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.