AQBA

AQBA, Aqaba (arab. — togʻ yoʻli, dovon) — tarixiy geografik tushuncha. 9 — 10-a. larda arabiynavis geograflarning asarlarida koʻp uchraydi. 10 – a. da fors tili da yozilgan «Hudud ul-olam» va «Tarixi Tabariy» asarlarida ham tilga olinadi. Hozir bu atama, asosan, geografik nomlar tarkibida qolgan. Turkiston, Zarafshon va Pomir togʻlarida Aqba soʻzidan tuzilgan oʻnlab dovonni uchratish mumkin: Aqbaboshi, Aqbavodif, Aqbai Obburdan, Aqbai Gishxun, Choshi aqba va h. k. Bu atama axba, agʻba, ovgʻa shakllarida Oʻzbekistonning bir qancha joylarida turli xil maʼnoda ishlatiladi. Mas, Samarqand viloyati baʼzi tumanlarida dovonga chiqiladigan tik yoʻlni ovgʻa deyishadi va h. k.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x