RISH Mark Arnoldovich (1918.15.10, Xarkov) — biokimyogar. Oʻzbekistondaxizmat koʻrsatgan fan arbobi (1987), biol. fanlari d-ri (1965), prof. (1966). OʻzDUning biol. f-tini tugatgan (1940). SamDUda assistent (1944—1952). Samarqand Oʻqituvchilar in-tida katta oʻqituvchi (1952—54). Qorakoʻlchilik ilmiy tadqiqot in-ti biokimyo lab. mudiri (1954—66), SamDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1966— 75), kafedra mudiri (1972—93). Ilmiy ishlari mikroelementlar biokimyosi, biogeokimyoviy provinsiyalar, molekulyar genetikaga oid.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые