NAVOIY MAQBARASI

NAVOIY MAQBARASIHirot (Afgʻoniston)dagi meʼmoriy yodgorlik. Shahar tashqarisidagi Musallo markazida, Injil arigʻining jan. qirgʻogʻi yaqinida joylashgan gumbazli oddiy bino. Gavharshodbegim maqbarasiga qiyoslab hirotlik savdogar hoji Gʻulomhaydar Muxtarzoda qurdirgan (1947). Tarhining tashqarisi 10×10 m, ichkarisi 6×6 m. Devor qalinligi 1 m. Anʼanaviy mayda chorsi gʻisht (18x18x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Ichki bezagida ganchkori naqsh va iroqisimon bezak qoʻllangan. Tarzlari ravoqli, tobadonli, jan. ravoq — ochiq eshik vazifasini oʻtaydi. Gumbaz osti gardishining 4 tomonida darcha bor. Maqbara bezaksiz, xona oʻrtasida kichik dahma qora marmar (182×41—35,6×4 sm) bilan qoplangan, unda nastaʼliq xatida «Hazrat Amir Kabir Nizomiddin Alisher Navoiy Hiraviy. Tavalludi 844, vafoti 906 hijriy, Donishparvar vazir» degan soʻzlar bitilgan. Mazkur qabrtosh Kobuldan keltirib oʻrnatilgan (1967). Navoiy maqbarasini va uning atrofidagi masjid, maqbaralarni qayta qurish oʻzbek meʼmorlari tomonidan loyihalashtirilmoqda.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x