AXBOROT OLISH KAFOLATLARI VA ERKINLIGI — har bir shaxsning oʻzi istalgan axborotni izlash, olish va tarqatishga haqli ekanligi. OʻzRda barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslar fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor boʻlgan hujjat, qaror va b. xil materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim (OʻzR Konstitutsiyam, 30-modda). «Axborot olish kafolatlari va erkinligi toʻgʻrisida»gi OʻzR qonuni (1997-y. 24 apr.)ga koʻra, har bir fuqaro oʻz manfaatlariga daxldor axborotni bepul, boshqa axborotlarni kelishuv boʻyicha haq toʻlab olish imkoniga ega. Shaxsning bu hakda yozma yoki ogʻzaki murojaatiga qisqa muddatda, uzogʻi bilan 30 kundan kechiktirmay javob berilishi shart. Axborot olish kafolatlari va erkinligi OʻzRda kutubxona va hujjatxonalardan foydalanish bepulligi, fuqarolar oʻzlariga zarur axborotni bevosita yoki qonuniy vakillari yordamida izlash, olish, tadqiq etish va tarqatish, hujjat va b. axborot manbalaridan nusxa, fototasvir olishlariga ijozat berilgani bilan ham kafolatlangan. Jumladan, fuqaroviy, xoʻjalik, maʼmuriy va jinoyat ishlari koʻrilayotganda sud majlisi ishtirokchilarining soʻzlari va xattiharakatlarini rasmana yoki stenografiya tarzida yozib olish, magnit tasmasida aks ettirish, sudning ruxsati bilan foto, kino, video tasvirga tushirish, ularni radio tarmoqlari va televideniye orqali namoyish qilish mumkin. Gumon ostidagi shaxs oʻzining qanday jinoyatda gumonsirilayotgani, ayblanuvchi — nimada ayblanayotganini bilishga, ular va ishdan manfaatdor b. shaxslar: jabrlanuvchi, fuqaroviy daʼvogar, fukaroviy javobgar, ularning vakillari ihdagi barcha materiallar bilan tanishib chiqishga, ulardan koʻchirma va nusxalar olishga, shu maqsadda tarjimon xizmatidan bepul foydalanishga haklidir. Agar asossiz ushlangan, qamoqda saqlangan yoki sudlangan shaxs toʻgʻrisida ilgari matbuotda, radio va televideniye orqali xabar berilgan boʻlsa, u begunoh ekanligi, okdangani haqida ayni oʻsha ommaviy axborot vositasida eʼlon qilinishi shart. Axborot olish kafolatlari va erkinligi ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarga ham ular zarur deb hisoblagan axborotni olish, uni xolisona tekshirish va senzurasiz tarqatish imkoniyatlarini kafolatlaydi. Axborot olish kafolatlari va erkinligidan boshqalarning ichki hayotiga taalluqli axborotni oshkor etish, taqiqlangan ilmiy, texnikaviy, kasbiy, i. ch. jarayonlariga oid, shuningdek davlat siri hisoblangan axborotni toʻplash va tarqatish maqsadida foydalanish konunga biioan javobgarlikka sabab boʻladi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии