Tozalik — salomatlik garovi. Barchamizga ma’lumki, inson terisi va shilliq qavatlar organizmni
xavfli infeksiyalar hamda kasallik tug‘diruvchi bakteriyalardan himoya qiladi. Jinsiy a’zolardagi shilliq qavat ham jinsiy a’zolarni kasallanishdan asraydi. Jinsiy a’zolar gigiyenasi haqida gapirganda, aksariyat ayollar uning talablari va ko‘rsatmalaridan ko‘p ham boxabar emasliklari seziladi. Sog‘lom turmush tarzini rejalashtirgan har bir ayol jinsiy a’zolarni doimo to‘g‘ri parvarishlash va ozoda saqlashni bilishi foydadan xoli bo‘lmaydi.
Tug‘urukdan keyin qorinni yo‘qotishni istasangiz…
«Tug‘urukdan keyin qorin osilib qolmasiligi uchun nima qilishim kerak?»
— Tuqqan ayol terisi maksimal darajada cho‘ziladi va ma’lum vaqtgacha o‘z holatiga qaytishi qiyin kechadi. Tug‘uruqdan keyin qorin osilib qolmasligi uchun uni katta hajmli doka yoki choyshab yordamida tortib bog‘lash tavsiya etiladi. Faqat bu muolajani tug‘urukdan so‘ng ertasiga amalga oshirish lozim.Tuqqandan 5-6 oy o‘tib qorinni bog‘lashning foydasi yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ayol jinsiy a’zolari, qin ichki qavati 90 foiz foydali lakto bakteriyalardan iborat kislotali muhit bo‘lib, bu muhit har qanday bakteriyami yemirish, kuchsizlantirish xususiyatiga ega.
Aksariyat ayollar bundan bexabarliklari uchunmi, jinsiy a’zolar tozaligida, asosan, oddiygina sovundan foydalanishadi. O‘z navbatida, oddiy sovundan jinsiy a’zolar parvarishida foydalanish umuman noto‘g‘ridir. Negaki uning tarkibida ishqor mavjud bo‘lib, qin devori ta’sirlanishiga olib keladi. Bu esa qin ichida kislotali muhitning kamayishi va zararli bakteriyalarning ko‘payishiga olib keladi.
Xususan, qin shilliq qavatida laktobakteriyalarning kamayishi qin disbakterioziga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham jinsiy a’zolarni parvarishlashda, oddiy kundalikda ishlatiladigan sovunlardan emas, maxsus tarkibida laktobakteriya saqpovchi vositalardan foydalangan ma’qul.
Inson o‘z tanasini toza saqlashda, istasa, har kuni yoki kun ora cho‘milishi mumkin.
Jinsiy a’zolar gigiyenasida kuniga necha marta yuvingan ma’qul?
Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, jinsiy a’zolarni parvarishlashda kuniga ikki marta, iliq issiq suvda yuvinish tavsiya etiladi. Orqa chiqaruv yo‘li gigiyenasida maxsus yuvuvchi vositalardan foydalanish tavsiya qilinmaydi.
Negaki ular tarkibi bunday «jiddiy» a’zolar uchun juda «yumshoqlik» qiladi. Sohani mikroblardan tozalashda (dezinfeksiya), ishqorli sovunlardan foydalangan ma’qul. Sochiqlardan foydalanishda ham e’tiborni bo‘lish foydadan xoli bo‘lmaydi.
Nozik sohalar uchun sochiqlar ham toza, yumshoq va eng asosiysi, shaxsiy bo‘lmog‘i zarur. Ayolning oy kunlarida vanna qabul qilish, suv havzalarid cho‘ milish tavsiya etilmaydi. Bu kunlarda jinsiy yaqinlikdan ham yiroq bo‘lish lozim. Hayz kunlarida ishlatiluvchi tagliklarni ham sutkasiga 4 -5 marta almashtirib turish maqsadga muvofikdir.
Ekspert: Feruza Qurbanova, ginekolog.
Manba: Avitsenna.uz
Hayz siklingizni nazorat qilishni istaysizmi? Homiladorlik uchun unumdor kunlarni bilib, homiladorlikni rejalashtirishni istaysizmi? Unda “Lalu — ayollar kundaligi” mobil ilovasini bepul yuklab oling!
Ilova sizga hayz siklingiz xarakterini tushunib, uni kuzatib borishingizda, ovulyatsiya kunini aniqlashda, homiladorlikni rejalashtirishingizda yordam beradi.
Bundan tashqari, ilova orqali hayz oldi sindromi haqida bildirishnoma olish, sikl buzilishi, fertil kunlar kabi holatlarni prognozlash va kuzatib borish, ginekologiya sohasiga oid maʼlumotlar olish imkoniyati mavjud.