DINITROORTOKREZOL, DNOK

DINITROORTOKREZOL, DNOK (dinok) , sinoks, xedolit (C7H6N,O5) — q. x. ekinlarini kasalliklar, zararkunandalardan himoya qilishda, shuningdek, begona oʻtlarga qarshi kurashda qoʻllaniladigan kimyoviy preparat. Hidsiz, sariq rangli kristall modda. 40% li kukun qolida ishlab chiqariladi. Suvda yaxshi eriydi. Insektitsid va fungitsid sifatida Dinitroortokrezol, dnok ihota daraxtzorlari, bogʻ, tokzorlarda qalqondorlar, shira tuxumlari, kana, kapalak gʻumbaklari, shuningdek, antraknozlar, ragʻa, kalmaraz qoʻzgʻatuvchi zamburugʻlar va b. ga qarshi kuzda (qishlashdan oldin) yoki erta baxrrda, kurtak paydo boʻlmasdan 1% li eritmasi purkaladi. Sarf normasi 4 — 8 kg/ga (taʼsir etuvchi modda hisobida). Odam va hayvonlar uchun zahari kuchli; foydalanganda xavfsizlik texnikasiga qatiy rioya qilish kerak. Sirtdan taʼsir etadigan gerbitsid sifatida bedazorlarda zarpechakka qarshi qoʻllaniladi (beda oʻrimidan 2—3 kun keyin sepiladi). Sarf normasi 35—50 kg/ga, ish suyukushgi — 400—500 l/ga. Dinitroortokrezol, dnokni shu normada yoʻl boʻylari va uvatlardagi, sanoat inshootlari atrofidagi begona oʻt va zarpechakka qarshi ham sepish mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x