ANABAPTISTLAR

ANABAPTISTLAR (yun. anabaptizo — qayta choʻqintiraman) — 16-a. da Germaniya va Shveysariyada paydo bulgan plebeylar (yuqsillar) harakati tarafdorlari. Anabaptistlar cherkov erkin bulishi, uning ishlariga davlat aralashmasligi va kishi esini tanigandan keyin choʻqintirilishi lozim degan talabni olga suradi. Anabaptistlar «yaqinda qiyomat boshlanib, hammayoq agʻdar-tuntar boʻladi», deb ishonar, sud, xukumatga itoat etishni, harbiy xizmatni rad qilardilar. Germaniyadagi dehqonlar urushi (1524—26) va Tomas Myunser taʼsirida Anabaptistlar bir qismi faol inqilobiy harakatga oʻtdi. Anabaptistlar taʼlimoti Germaniya, Niderlandiya va Shveysariyada tez yoyildi. Dehqonlar urushi magʻlubiyatga uchragach, Anabaptistlar taʼqib ostiga olindi. Taʼqib qilishlar 18-a. ga qadar davom etdi. Anabaptistlarning qarashlari ayrim protestant mazhablari aqidalariga singib ketdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x