JARSOY

JARSOYQashqadaryo viloyati Kitob va Chiroqchi tumanlaridagi soy. Qashqadaryoinng oʻng irmogʻi. Qoratepa togʻlarining jan. va jan.-gʻarbiy yon bagʻirlaridan oqib tushadigan yuzdan ortiq mayda irmoqsan tashkil topgan, eng yirik irmogʻi Yelsoy. Yuqori Femida Oyoqchisoy, oʻrta qismida Kichik Jarsoy nomi bilan ataladi. Chiroqchi sh. yaqinida Qashqadaryoga quyiladi. Uz. 64 km, havzasining mayd. 348 km2. J. yomgʻir, qor va buloq suvlaridan toʻyinadi. Jarsoyning oʻrtacha yillik suv sarfi Chiroqchi sh. yonida 1,08 m3/sek. boʻlib, u yildan bu yilga 0,42—5,30 m3/sek. oʻrtasida oʻzgarib turadi. Suvining asosiy qismi (75—80%) mart—may oylarida oqib oʻtadi, yozda kamsuv, quyi oqimida baʼzan qurib qoladi. Bahorgi jalalardan soʻng Jarsoyda tez-tez sel toshqinlari boʻlib turadi, suv sarfi va uning loyqaligi keskin ortadi: 1969-y. 24-martdagi sel vaqtida Jarsoyning suv sarfi 91,8 m3/sek. boʻlgan, 1978-y. 14-martdagi selda 96 m3/sek. ga yetgan, loyqaligi esa 11 kg/m3 boʻlgan. Jarsoyning suvi asosan Kitob va Chiroqchi tumanlari yerlarini sugʻorishga sarflanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x