DAXMA — 1) qabr ustiga oʻrnatilgan meʼmoriy inshoot, maqbara. Baʼzi yuqori tabaqali kishilar koʻmiladigan alohida bino, hovlilar ham Daxma deyilgan. Ular qimmatbaho, mustahkam toshlardan ishlanib, goʻzal va nafis naqshlar bilan bezatilgan. Samarqanddagi Amir Temur maqbarasit Amir Temur avlodlari uchun, Qoʻqonda Qoʻqon xonlari xonadoni uchun (q. Daxmai shohon) D. lar bor. Bunday Daxmalar boshqa joylarda ham uchraydi;
2) Zardushtiylikda yer ustiga ishlangan va bir necha jasad qoʻyilgan inshoot. Bu dinga koʻra oʻlikni tuproqqa koʻmish mumkin boʻlmagan, shu sababli minora shaklidagi maxsus Daxmalar qurilgan. Unda oʻlik goʻshti hayvonlarga «yem boʻlgach», goʻshtdan tozalangan suyaklari ostodon (ossuariy)larga solinib, naus degan boshqa inshootga oʻtkazilgan. Eronning Kermon viloyatida va Bombayda yashovchi zardushtiylar hanuzgacha minora shaklidagi oʻz Daxma lariga ega.