NAYPOYA — soyabonguldoshlarga mansub yirik oʻtlar turkumi. 70 dan ortiq turi maʼlum. Asosan, Sharqiy yarimsharning moʻtadil mintaqasida tarkalgan. Oʻzbekistonda gulpar turi koʻp oʻsadi. Gulshiraga boy. Koʻpchilik turlarining poya va barglarini yeyish mumkin, baʼzilari chorva mollari uchun ozuqa. Terini kuydirish xususiyati bor.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые