JAʼFARIYLIK

JAʼFARIYLIK — shialikaat diniy-huquqiy tizim. Unga Jaʼfar asSodiq asos solgan deb hisoblasalarda, aslida 9 — 10-a. larda bir qator mujtahid va ilohiyotchilar tomonidan ishlab chiqilgan. Jaʼfariylik sunniylikdagi 4 mazhab (hanafiylik, molikiylik, shofiʼiylik va hanbaliylik) qatori islomda 5-diniy-huquqiy mazhab (imomiylar) deb tan olingan. Jaʼfariylik mazhabining sunniylikdagi mazhablardan asosiy farqi: jaʼfariylar qiyosni Qurʼon, sunna, ijmoʼdan keyingi shariat manbai ekanligini rad qiladilar. Shialikdagi imomlar naqllarinigina tan oladilar, vaqtinchalik nikoh (mutʼa)ga yoʻl qoʻyadilar, xavf paydo boʻlgan chogʻda oʻz eʼtiqodlarini yashiradilar, ijtihodga imkon yaratadilar. Jaʼfariylik 16-a. boshlarida Eronda hukmron diniy-huquqiy tizimga aylangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x