JAKUBEK BARLOS, amir Joku, toʻliq ismi Jakubek ibn Muborak ibn Toʻgʻon ibn Qodon ibn Sharʼa ibn Qarochor noʻyon (7—1384) — barlos urugining yirik beklaridan. Amir Temurning karindoshi, safdoshi va qaynotasi, xos kishisi. U 1371-y. Zinda Chashmning Amir Temurga karshi uyushtirgan fitnasini bostirgan. Shu vokeadan bir oz keyin Amir Temur uni Kobul sh. va viloyatining hokimi etib tayinlaydi. 1384-y. boshida u Kobulda vafot etganidan soʻng sohibqiron unga taalluqli Kobuliston mulkini oʻgʻli Jahonshoh bahodurta va keyingi avlodlariga mulk qilib beradi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые