LINGVISTIK ATLASLAR

LINGVISTIK ATLASLAR, dialektologik atlaslar — maxsus dastur — soʻroqlik asosida tayyorlangan, maʼlum bir yoki bir necha oʻzaro yaqin tillarga xos dialektal xususiyatlarning hududiy tarqalish chegarasini aks ettiradigan dialektologik xaritalarning albom shaklida tartibga solingan toʻplami. Lingvistik atlaslar tuzish ishlari maʼlum tilning asosiy dialektik xususiyatlari oldindan maʼlum boʻlgandan soʻng boshlanishi mumkin. Material tuplashga muljallangan dastur-soʻroklikning xususiyati, materialni toʻplash va yozib olish usuli, xaritalashtirish tartibi atlas tuzuvchilarning maqsadi, ish hajmi, mavjud imkoniyatlariga karab belgilanadi. Dastur tilning barcha sathlarini yoki ulardan birini — leksika yoki fonetikani — qamrab olishi mumkin. U yoki bu til hodisa-sini aniqlashga qaratilgan savollar mikdori 40—50 tadan bir necha mingtagacha buladi. Lingvistik atlaslar tuzish har bir milliy til dialektologiyasining rivojlanishidagi muhim bosqich boʻlib, u tilni lingvistik geografiya usuli bilan oʻrganish uchun asos vazifasini bajaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x